Gunohning yuvilishi

Assalomu alaykum! Alhamdulillah men namozxonman. Yaqinda bir do‘stim bilan suxbatda diniy ilmga doir mavzu ochildi. Men uning zino qilishi aroq ichishi sigareta chilim chekishini bilaman. U menga sen namoz o‘qisang xam diniy ilming bo‘lmasa namozllaring ijobat bo‘lmaydi dedi. Men esa dinni yaxshi bilaman oilamizda dinni yaxshi bilishadi men Xudoga ishonadigan odamman zino qilishim va aroq ichishim tufayli 5 vaqt namoz o‘qishim qabul bo‘lmaydi, shunga o‘qimayman dedi. Yana biri aytdiki odam qancha gunox qilsa zino xarom va yana boshqa ishlar bilan shug‘ullansayu keyin chin dildan tavba qilib namoz o‘qisa xamma ayblari yuviladi dedi. Mening savollarim quyidagicha, diniy ilmi bo‘lmasayu 5 vaqt namoz o‘qisa namozi qabul bo‘lmaydimi? 2). Ikkinchi tanishim aytgandek xar xil gunoxlar qilib(bila turib) keyin tavba qilib namoz o‘qisa jannatga tushishi mumkinmi? 3). Zino qilgan odam jannatga tushishi mumkinmi? 4). Men yo‘lda yurganimda Allohu akbar yoki boshqa namozda aytiladigan so‘zlarni aytib yuraman. Bu gunox emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Namozni buzadigan narsalarini hukmini bilgan odamni namozi durust bo‘ladi.
2-3). Qilgan tavbasiga qaraladi.
4). Gunoh emas. O‘zingiz eshitadigan darajada ayting. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:22 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar