Qizlar litseyi

Assalomu alaykum! Qizimni shu yili qizlar litseyiga berdim. U erda erkak o‘qituvchilar va erkak ishchilari yo‘q. Devorlari baland qilib qilangan. Maktab ichida xammasi qizlar va ayollar bo‘gani uchun maktab formasida ya’ni ro‘molsiz bantik, oq kofta, yupka bilan yurish kerak ekan. Bir birodarim unday vaziyatlarda xam ro‘molsiz yurishga mumkinmas deb eshitganman dedi. Savolim shuki shariatimizda faqat qizlar va ayollardan iborat maktabda xam ro‘molda yurish farzmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mutlaqo erkaklarni ko‘zi tushmasa, ro‘molsiz yursa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:20 | Savol-javoblar | 143 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar