Muslima qizga uylanishga ota~onaning qarshiligi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, avvalo, Shayx hazratlari(oxiratlari obod bo‘lsin) boshlab bergan ishni davom ettirib xalqimizning dardlariga malham bo‘layotganligingiz uchun sizlarga ulkan tashakkurlar aytamiz. Mening savol shundan iborat: Yoshim 24 da. Bu yil institutni tamomlab, hozirgi kunda Xitoy bilan birga qurilgan qo‘shma korxonada tarjimonlik qilib kelmoqdaman. Allohga shukurki, rizqimizni berib, bir oilani boqa oladigan darajada daromad qilaman. Uylanish yoshidaligim sababli turli taraflardan turli qizlarni tavsiya qilishyapti. Shulardan biri bir tanish opamiz bu yil Islom akademiyasini tamomlagan, xijobli, iymoni mustahkam deb ta’rif bergan qiz bo‘ldi. Garchi hali uchrashib ko‘rmagan bo‘lsam-da, menga shu taklif juda yoqdi. Onamlarga shu oilaga sovchilikka borib ko‘ringlar desam, dadang ko‘nmayabdilar, senga ro‘molli qizni kelin qilmaymiz deb aytyabdilar dedilar. Ustozlar, men ayolimni ko‘chalarda begona ko‘zlardan asrashni o‘zim uchun eng oliy burchlardan deb bilaman, doimo bunday ko‘zlardan asralgan qizga uylanishni orzu qilaman. Ammo otamning bu gaplariga nima deyishni bilmayabman. Maslahat beringlar, qanday yo‘l tutsam otamlarni ham rozi qilaman, shu muslima qizga ham etisha olaman? Qimmatli vaqtingizni ayamay javob berganingiz uchun tashakkur! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangizga gapi o‘tadigan qarindosh va otangizni do‘stlarini yoki masjid imomlaridan birortasini ishga soling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:22 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar