Haqni bilmay birovni haqini eyish

Assalomu alaykum! Men yoshlikdan otasiz o‘sdim 8-sinfdan ishlaganman restoranda birov nimadir olib kel desa ming yoki 2ming ziyod aytib yoki 1-2 ming qolsa qaytarmas edim buni og‘ir gunoxligini bilmasdim keyin non tashidim nonni yo‘lda 1-2 ta sotsam o‘zim olib qolardim boshliq sanamasdi restaranga ham eltardim. Yo‘lda sotsam uni ham aldardim. Xo‘jayinimi xam ovqat egani kelganlarni xam rozi qilish uchun hozir topolmayman. Nima qilay qarzdan qutilish uchun, borimni beraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haq egasini qidirib topishingiz kerak. Hozir bir odamni topish qiyin bo‘lmay qolgan. E’lon qilasizmi yoki boshqa yo‘lini qilasizmi topishingiz kerak. Agar hamma choralarini qilgandan keyin ham topilmasa savob umid qilmasdan o‘shalar nomidan faqir-miskinlarga sadaqa qilasiz. Qachon haq egalari topilganida o‘sha haqni ado qilib roziligini olasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:24 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar