Masjiddagi birinchi safda faqat yoshi kattalar o‘tirishi kerakmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, masjidda namoz o‘qish uchun borganimizda xamma qatori men ham oldingi qatorga joylashishga harakat qilaman. Lekin atayin birinchi qatorda bo‘sh joy bo‘lsa ham ikkinchi qatorga joylashaman. Ba’zi odamlar oldingi safda faqat yoshi kattalar bo‘lishi kerak deyishadi. Savolim yoshim 20dan oshgan. Oldingi saflarga boshqalardan vaqtliroq chiqib ko‘proq savob umidida joylashsam bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Birinchi safda faqat kattalar o‘tiradi degan gap mutlaqo noto‘g‘ri. Masjid bir odamga xoslangan emas, u hamma musulmonlarniki. Shuning uchun avval kim kelib o‘tirsa o‘sha joyga haqli bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:25 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar