Ushbu holatda taloq tushganmi?

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, ushbu xolatda taloq tushganmi, agar tushgan bo‘lsa u raj’iymi yoki boinmi? Mast xoldagi erga: Ayol - agar yana ichsangiz ketaman, yashamayman desa va yonidagi bolalariga xam oxirgi marta ogohlantiryabman, bollar eshit dadang ichsa yashamiman desa. Er - "Ket-a, ket, shu uyda bir kunimni ko‘rarman desa va ertasi kuni yana ichsa. Agar er ichsa-yu ayol ketmasa taloq tushmaydi degan gap xam bo‘lyabdi, sizlarni javobingizni ko‘rsatmoqchiman. Taloq risolasida TALOQNI TA’LIQ QILIShDA NEChTA VA QANDAY TALOQ VOQE BO‘LADI degan mavzuda: Taloq qo‘yguvchi kinoya lafzlar bilan taloqni mo‘allaq qilsa, bas boin taloq voqe bo‘ladi deganni o‘qidim. Yuqoridagi xolat shunga mos tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu erda asosiy gap erning “Ket-a, ket, shu uyda bir kunimni ko‘rarman” degan gapidir. Agar bu gap bilan taloqni iroda qilgan bo‘lsa taloq tushadi. Niyat qilmagan bo‘lsa taloq bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar