Ular folbin emasmidi?
Assalomu alaykum! Siyrat tarixidan ma’lumki, Abu Tolib savdo safaridan qaytgach qavm oldiga bir guruh odamlar keladi. O‘sha zamonda ular insonga qarab uni kim bo‘lishini aytib berisharkan. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak yuzlarida buyuklikni ko‘rishgan. Lekin amakilari payg‘ambarimizni xavf-xatardan asrab, bir xiyla qilib uyga jo‘natib yuboradi. Bu odamlarni folbin emas deyilgan. Shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odam alayhissalomdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamgacha o‘tgan barcha payg‘ambarlarga vahiy orqali oxiri zamon payg‘ambari kelishi, ismi (har qavmni o‘z tilida) Muhammad, Ahmad bo‘lishi, bir necha sifatlarga ega bo‘lishi, tashqi qiyofalari qanday bo‘lishi, qaerdan chiqishi kabi ma’lumotlar aytilgan. Payg‘ambarlar o‘z ummatlariga buni xabarini berganlar. Har bir ummatning mo‘tabar kitobida batafsil bayon qilingan. Yahudiy va nasoro olimlari ham o‘sha kitoblarda bitilgan sifatlarga qarab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni taniganlar. Alloh taolo tavfiq berganlari ko‘rib yoki eshitiboq o‘sha zahoti iymon keltirganlar. Bulutga qarab yomg‘ir yog‘ishini, quyoshga qarab kun ochiq bo‘lishini aytish bu folbinlikka kirmaydi. Bu ham xuddi shu kabidir. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 22:14 | Savol-javoblar | 152 | Siyrat va tarix