Pul oldi-berdi qilishda qo‘lma-qo‘l bo‘lishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, quyidagi hadisni sharxlab bersangizlar, iltimos!
Molik ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Yuz dinorni «sarf» qilmoqchi-almashtirmoqchi bo‘ldim. Bas, meni Tolha ibn Ubaydulloh chaqirdi, ikkovimiz kelishdiq u menga almashtirib beradigan bo‘ldi. Tilloni olib qo‘lida aylantirib turib, xazinachim o‘rmondan kelsin, dedi. Buni eshitib turgan Umar: «Allohga qasamki, undan olguningcha ajramay tur. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tilloga tillo (almashtirish) ribodir. Magar, Ma! Ma! bo‘lsa mustasno. Bug‘doyga bug‘doy ribodir. Magar, Ma! Ma! bo‘lsa mustasno. Arpaga arpa ribodir. Magar, Ma! Ma! bo‘lsa mustasno. Xurmoga xurmo ribodir. Magar, Ma! Ma! bo‘lsa mustasno», deganlar» dedi». Beshovlari rivoyat qilgan.
«Tilloga tillo (almashtirish) ribodir. Magar, Ma! Ma! bo‘lsa mustasno» degan jumlani tushuna olmadim. Bu hadisni keltirib o‘tilgan joyda qisqaroq tushuntirilgan ekan. Iltimos, kengroq tushuntirib bersangizlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha joyda qo‘lma-qo‘l bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 185 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar