Uzluksiz ro‘za

Assalomu alaykum! 1327-savolga javob berganizda uzluksiz ro‘za joiz deb javob bergansiz. Ammo Rosululloh sollallohu alayhi va sallam bunday ro‘zadan qaytarganliklari haqida rivoyatlar kelganku. Bazilar shahvatni sindirish uchun shunday javob olganlar gunoh qilaman degan kishiga hech qanday ro‘za ekaligi qiziqtirmaydi Vallohu A’lam mendan o‘tgan bo‘lsa uzr
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uzluksiz degandan siz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytargan saharlik va iftorlik qilmasdan ro‘za tutishni tushungan bo‘lsangiz noto‘g‘ri tushunibsiz. Biz haftani dushanba va payshanba kunlari bilan chegaralanmasdan boshqa kunlarda ham ro‘za tutishni tavsiya qilganmiz. Chunki kun oralatib ro‘za tutish shahvatni yanada kuchaytiradi. Bu narsani siz kasallikka davo deb tushuning. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:26 | Savol-javoblar | 147 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar