Ishlaydigan ayollarni topgani harommi
Assalomu alaykum! Men maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Allohga behisob shukurlar bo‘lsinkim shu ro‘za oyida o‘randim. Maktabimizda ishlayotgan yana 2-3 nafar o‘qituvchilar ham o‘randilar. Shundoq ham maktab ichida ro‘molimizni echib yuribmiz. Lekin ma’muriyatimiz shunga ham ko‘nmay: "Ro‘molingizni uyida o‘rang. O‘randingizmi hamma amalini qilib uyingizda o‘tiring, sizni topgan pulingiz oilangiz, eringiz va farzandlaringiz uchun harom" dedi. Ayol kishining ishlab oilasiga yordam berishi harommi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Ishingizga rivoj.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sizlar topganingiz shak-shubhasiz halol. Siz kabi din-diyonatli insonlar o‘sha erda turishingiz shart. Ishni tashlasangiz gunohkor bo‘lasizlar. Ta’lim-tarbiya berishda qattiq mehnat qilinglar. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:36 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom