Namozda tajvid

Assalomu alaykum! 9 oydan buyon namoz o‘qiyman. Namozni qofiyalab, ya’ni ba’zi harflarini cho‘zib o‘qish kerak ekan. Men esa harflarni cho‘zib o‘qiyolmayapman. Agar harflarni cho‘zib o‘qimasam namozim qabul bo‘lmaydimi? Namozni albatta qori odamdan o‘rganish kerakmi? Meni 20 yillik qazo namozlarim bor. Shularni o‘qishni boshlagan edim. Yaqinda ba’zi sabablarga ko‘ra o‘qimay qo‘ydim. Farz namozlarimni o‘qiyotganimda xayolimdan qazo namozlarim o‘tadi. Shunday holatda farz namozim buzulmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tajvidga muvofiq o‘qishga harakat qiling. Shaytondan turli vasvasalar hamda inson boshiga turli sinovlar kelaveradi. Inson har qanday holatda ham ibodatini birinchi o‘ringa qo‘yishi kerak. Chunki hammasi ketib faqat shu ibodatigina qoladi xolos. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:49 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar