Namozni qanday o‘qiman

Assalomu alaykum! Ertaga operatsiya qilishadi, 3 kuncha qornim bilan yotishim kerak bo‘ladi. Namozlarimmi qanaqa o‘qiyman? O‘tirish, yurish va yonboshlash mumkinmas?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratingizni qildirib qo‘yishsa iltimos qilib ko‘ring, yuzingizni qibla tomonga qaratishsin. Kallaning ishorasi bilan bemalol namozlarni o‘qiyverasiz. Har namozga tahorat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:40 | Savol-javoblar | 137 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar