Itoatsiz xotinni tarbiyalash

Assalomu alaykum! Ustozlar, oila qurganimga 2 yil bo‘ldi. shu davr ichida oila atalmish muqaddas oshyonda juda ko‘p ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y berdi. mayli hamma sinovlarga Allohni irodasi bilan sabr qilyapman. lekin sha’riy masalada ko‘ngil xotirjam bo‘la olmayapti. ayolimni oilasi dindan umuman bexabar. dindan xijobdan misli ko‘rilmagan darajada qo‘rqadi. ularning fikricha ko‘ngil toza bo‘lsa bo‘ldi. xijobdagilar nima ishlar qilib yuribdi qabilida fikr yuritishadi. ayolim ham ularni aytganini qiladi. qudalar deyarli bir birini ko‘rishga ko‘zi yo‘q. bir farzandim bor. nima qilishga boshim qotgan nasixat dars kitob hammasini qilib ko‘rdim foyda yo‘q. mana 2 yildirki bu masala meni qiynab kelmoqda. hamma narsani batafsil yoza olmadim. savolimni barcha o‘qisa. bilaman ahli solihlar ko‘p. haqqimizga duo qilishsa. biron bir maslaxat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizni ilmingiz va taqvoingizni rivojlantiring. Inson nasihat qilmoqchi bo‘lgan barcha kishilarning oldida suyukli bo‘lishi kerak. O‘zgalarga nasihat qiladigan, ta’lim beradigan va ularni aytgan gaplariga amal qilishini xohlaydigan inson avvalo yaxshi ilmga ega bo‘lishi kerak. Har bir bilgan narsasiga amal qilishga harakat qilishi kerak. Eng muhimi ularga yaxshi gapirib, muhabbatini qozona olishi kerak. Chunki hikmatlarda “Kimni yaxshi ko‘rsang uni har bir so‘zi va amallari senga chiroyli bo‘lib ko‘rinaveradi” deyilgan. Qolaversa banda Alloh bilan o‘zining o‘rtasini isloh qilsa Alloh u bilan boshqa bandalar orasini ham isloh qilib qo‘yadi. Buning uchun biroz vaqt ham kerak bo‘ladi. Surunkali kasallik davolanishi qiyin va uzoq muddat talab qilganidek gunohlar ham surunkali bo‘lib qoladi, tark qilishi uchun uzoqroq muddat kerak bo‘ladi. Buning uchun yonidagi tabiblik vazifasini bajarayotganlar biroz sabr qilishlar kerak bo‘ladi. Oddiy kasallikni davolash uchun tabobatdan ilm va tajriba zarur bo‘lganidek, gunoh kasalini davolamoqchi bo‘lganlarda ham davolash ilmi va tajribasi bo‘lishi kerak. Aks holda qo‘pollik qilib qo‘ib, gunoh kasalligini zo‘raytirib yuboradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:26 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar