Oilali kishini namozining savobi
Assalomu alaykum! Telegramdagi kanallardan birida o‘qidim. Unda uylagan kishining o‘qigan bir rakat namozi oila qurmagan kishining 70 rakat namozidan afzal (Imomi G‘azzoliy, “Uylanish odoblari”) deyilibdi. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ba’zi ulug‘ kishilar “Nikoh eng uzun ibodatdir” – deganlar. Masalan namoz bir necha daqiqalarda nihoyasiga etadi. Haj besh kun, ro‘za esa bir oyda nihoyasiga etadi. Ammo nikohni ibodat va Rasulullohning sunnati degan niyat bilan amalga oshirilsa, bu nikoh ibodat sifatida bir necha yilgacha to‘xtovsiz davom etadi. Masalan inson uylanganidan boshlab yigirma yil umr kechirsa yigirma yil, ellik yil umr kechirsa ellik yil uzluksiz ibodat qilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham nikohni dunyodagi rasmiy bir odat demasdan uni muhim ibodatlardan deb bilib shari’atga muvofiq tarzda amalga oshirish lozim.
Nikoh salafi solihlarning nazarida.
Sahobai kirom, tobe’iyn va barcha salafi solihlar nikohlanishga nafaqat amal qilganlar balki unga targ‘ib ham qilganlar. Imom G‘azzoliy rahmatullohi alayh o‘zining Ihyou Ulumiddin kitobida bir qancha sahobai kiromlarning so‘zlarini naql qilganlar: قال عمر لأبي الزوائد: ما يمنعك من النكاح إلا عجز أو فجور 1). Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
U zot Abu Zavoyid roziyallohu anhuga “Seni nikohdan ojizlik yoki (fisqu) fujurgina man qilishi mumkin” – dedilar. (Ibn Abu Shayba rivoyati).قال ابن عباس رضي الله عنهما: لا يتم نسك الناسك حتى يتزوج 2). Ibn Abbos roziyallohu anhu “(uylanishga qodir bo‘la turib) Uylanmaganning haji mukammal haj bo‘lmaydi” – dedilar.
Ushbu hadisda uylanmagan kishining haji mukammal bo‘lmasligi aytilmoqda. Buning sababi uylanmagan shaxs ibodatlarni ado qilishda uylangan shaxs kabi qalbi xotirjam bo‘lmas ekan.
3). Abdulloh Ibn Mas’ud roziyallohu anhu “Alloh taoloning huzurida oilasiz holda turmasligim uchun o‘n kunlik umrim qolgan bo‘lsa ham uylanar edim” – deganlar.
4). Muoz ibn Jabalning ikki ayoli vaboga chalinib vafot etdilar. O‘zlari ham vaboga chalindilar. Shunda ham “Meni nikohlab qo‘yinglar. Chunki men Alloh taologa ayolimsiz ro‘baro‘ bo‘lishni hohlamayman” deganlar. (Musannafi Abi Shayba).
5). Mo‘’minlarning amiri Hazrati Umar roziyallohu anhu “Men faqat farzand talabidagina oila qurganman” – deganlar.
6). Hikoya qilinishicha oldingi ummatlar ichida zamonasi ahlidan ibodatda peshqadam bo‘lgan bir kishi bor edi. O‘sha zamon Payg‘ambariga uning go‘zal ibodat qilishi zikr qilindi. Shunda Payg‘ambar: “Sunnatni tark qilmaganda edi qandayam yaxshi kishi bo‘lar edi” dedilar. Buni eshitgach obid qattiq g‘amga botdi va bu borada Payg‘ambar alayhissalomdan so‘radi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam “Sen uylanish sunnatini tark qilgansan” dedilar. Obid: “Men nikohni harom deb bilmayman. Men faqirman va odamlarga yukman” dedi. Nabiy alayhissalom “Senga o‘z qizimni nikohlab beraman” deb nikohlab berdilar.
7). Bishr Ibn Xoris rahmatullohi alayhi “Ahmad Ibn Hanbal uch jihatdan mendan ustun bo‘ldi. Birinchisi shuki u o‘zi va oilasi uchun halol kasb qildi men esa faqat o‘zim uchun halol kasb qildim. Ikkinchisi u nikohni keng oldi men esa tor oldim (ya’ni u ayollarga uylandi men esa uylanmadim). Uchunchisi “U ommaga Imom bo‘ldi men esa yolg‘iz ibodatda bo‘ldim” –deganlar.
8). Naql qilinishicha Ahmad Ibn Hanbal rahmatullohi alayh Abdulloh o‘g‘lining onasi vafot qilganda ikkinchi kuni uylanib “Men so‘qqabosh bo‘lib tunashni hohlamayman” – deganlar.
9). Bishr Ibn Horisni vafotidan keyin yaqinlari u zotni tushida ko‘rib “Alloh sizga qanday muomala qildi” deb so‘raldi. Shunda u kishi Alloh taolo meni jannatdagi maqomimni baland qildi. Shu darajadaki pastdan Anbiyo alayhimussalomlarning maqomlarini ko‘rib turaman. Lekin shunda ham oila qurganlar maqomiga erisha olmadim” dedilar.
10). Ayni shu Bishr Ibn Horisdan tushda Abu Nasr Tammor haqida so‘ralganda u kishi mendan etmish daraja yuqoridalar dedi. Odamlar : “Dunyoda biz sizni u kishidan martabasi ulug‘ deb bilar edik” dedilar. Shunda Bishr “Bu maqomni unga bola chaqasi ko‘pligi va ularning g‘amiga sabr qilgani uchun berildi” dedi.
11). Ulug‘larimiz “Uylanganning uylanmaganga nisbatan misoli Alloh taoloning quyidagi oyatida zikr qilingan o‘tirib qolganlarga nisbatan mujohidlarning misoli kabidir deganlar.فَضَّلَ اللّهُ الْمُجَاهِدِينَ بِأَمْوَالِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ عَلَى الْقَاعِدِينَ دَرَجَةً Alloh mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilarning darajasini o‘tirib oluvchilardan afzal qildi. (Niso 95-oyat).
Oila qurganlarning oila qurmaganlarga nisbatan fazilati mujohidning qo‘idga bo‘lgan fazli kabidir. Oila qurganlarning bir rakat o‘qigan namozi oila qurmaganlarning etmish rakat namozidan afzaldir. (Ihyou Ulumuddin).
Gap shundaki dinimiz rahboniylikka, alohida hayot kechirishga tog‘u g‘orlarga chiqib olib ibodat qilishga buyurmaydi. Balki sunnatga amal qilib oila qurishga va farzandlar orttirib ularni va qarindoshlarni haqlarini ado qilishga hamda ozorlariga sabr qilib ularga go‘zal muomala qilishga buyuradi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:26 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar