Ruku’da bilmay noto‘g‘ri talafuz qilinganda

Assalomu alaykum! Men shaxsan arab alifbosini bilmayman, (lekin alxamdulillax o‘rganayapman) kirill yozuvidagi namoz darsliklaridan o‘qib o‘rganganman. Namozda rukuda aytiladigan Subxana robial aziym dagi aziym so‘zini qanday o‘qisam shunday aytaman. Bir savol javobda arabcha Aziym talaffuz qilinmasa boshqa ma’no kelib chiqadi deb o‘qidim. Astaxfirullox odam nima qilarini bilmay qoldi. Bir do‘stim o‘rniga Subxana robial Karim deyishni maslaxat berdi. Meni qiynayotgan narsa endi avvalgi o‘qigan namozlarimni o‘ylab qoldim. Subxana robial aziym dagi aziym so‘zini buzib o‘qiganim uchun gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz “Astag‘firulloh”ni ham to‘g‘rilab oling. Subhaana robbiyal kariym desangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:28 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar