Makruh vaqtda tahorat yangilash shartmi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir tanishimdan makruh vaqtdan keyin tahoratni yangilash kerak degan gapni eshitib qoldim. Shu to‘g‘rimi? Misol uchun asr namozidan keyin shom vaqtida tahoratni yangilab o‘qish shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Modomiki tahorat buzilmas ekan, yangitdan qilish shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 144 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar