Tabib habib va mahrammi?
Assalomu alaykum! Shu savolni berishga majburman! Chunki buni ko‘p marotaba guvoxi bo‘ldim. 1). Xijoma(qon oldirish) uchun bordim u erdagi doktor bir Toshkentlik imomni masalasini qo‘yib berdi. Ya’ni "Erkak doktorlar tabobat ilimidan xabari borlarga ayol kishini ko‘rish(tekshirish) mumkin, ayol kishi erkak doktor uchun eri xam ko‘rishi mumkin bo‘lmagan a’zolarni ko‘rishi mumkin va doktorlar maxram xisoblanadi..." dedi. Man bu narsaga ishonmiman qanday qilib erkak doktor boshqa ayolga maxram bo‘la oladi? 2). Domla boshqa bir olimni, ulamoni yomonlash yoki g‘iybat qilish to‘g‘rimi? Bizni shaxarda bir masjid imomi ochiq oydin xolda boshqa bir ulamo va minbarda o‘tirib olimni yomonlab g‘iybat qildi. Shu narsa qanchalar to‘g‘ri?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishining avrat joylarini shar’iy zaruat va uzrdan boshqa holatda eridan boshqa hech kim ko‘rishga haqqi yo‘q. Olim inson bunday gapni aytmaydi. O‘sha gapni aytgan inson hech qanaqasiga olim emas. Shuni yaxshi bilish kerakki, muftiy odam Alloh tarafidan imzo qo‘yuvchi, hukm chiqaruvchi inson hisoblanadi. Ya’ni u “Alloh shunday dedi” degan bo‘ladi. Alloh esa doktor yoki tabiblar bemorlarga mahram bo‘ladi degan emas. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ رَضِي اللهُ عَنْهُما قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «إِنَّ اللهَ لَا يَقْبِضُ الْعِلْمَ انْتِزَاعًا، يَنْتَزِعُهُ مِنَ الْعِبَادِ، وَلَكِنْ يَقْبِضُ الْعِلْمَ بِقَبْضِ الْعُلَمَاءِ، حَتَّى إِذَا لَمْ يُبْقِ عَالِمًا، اتَّخَذَ النَّاسُ رُءُوسًا جُهَّالًا فَسُئِلُوا، فَأَفْتَوْا بِغَيْرِ عِلْمٍ، فَضَلُّوا وَأَضَلُّوا». قَالَ الْفِرَبْرِيُّ: حَدَّثَنَا عَبَّاسٌ قَالَ: حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ هِشَامٍ نَحْوَهُ Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, Alloh ilmni bandalaridan birdaniga sug‘urib olmaydi, balki ilmni ulamolarning jonini olish bilan sug‘urib oladi. Nihoyat, birorta olimni qoldirmagach, odamlar johillarni boshliq qilib olishadi. Keyin ular so‘raladilar va ilmsiz ravishda fatvo berishadi. Natijada adashadilar va adashtiradilar», deganlarini eshitdim». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
2). Biror inson oshkora fisq-fujur qilayotgan bo‘lsa, odamlarni zalolatga etaklayotgan bo‘lsa uni ismini aytib xato qilayotganini dalillar orqali bildirish mumkin. Inson kasal bo‘lsa doktor uning faqat kasal bo‘lgan a’zosinigina gapirishi shart. Qolgan sog‘ joylarini ham kasal desa kasalga xiyonat qilgan bo‘ladi. Salomat joyini salomat deyish kerak bo‘ladi. Xuddi shuningdek agar bir insonda o‘zgalarga zarar etadigan zarar bo‘lsa avvalo maxfiy tarzda o‘ziga bayon qilish, qabul qilmasa ommani ogohlantirish uchun uning zararidan ogohlantirish kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 182 | Dolzarb savollar