Nomoz o‘qiyotganda kulib yuborsa

Assalomu alaykum! Ustozlar, nomoz o‘qiyotgan payitda kulib yuborsa nomoz buzuladi deb eshitganidim va yonidagi odam eshitadigan darjada bo‘lsa taxorat ham buzulishiga olib keladi deb eshitganidim. Shu gaplar to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi.
Balog‘atga etgan kishining to‘la-to‘kis namozda qahqahali kulishi.
Bunda qasdan kulsa ham, ixtiyorsiz kulsa ham, baribir.
Qahqaha o‘ziga va yaqinida turganlarga eshitiladigan kulgidir. Tishi ko‘rinsa ham, ko‘rinmasa ham, baribir.
Agar sajda va ruku’si bor namoz o‘qiyotgan odam qahqaha ila kulsa, tahorati ham, namozi ham buziladi. Bundan janoza namozi hamda tilovat sajdasi mustasnodir. Janoza namozida qahqaha otib kulgan kishining tahorati sinmaydi.
Bu haqda bir necha hadislar kelgan. رَوَى ابْنُ عَدِيُّ فِي الْكَامِلِ عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  مَنْ ضَحِكَ فِي الصَّلَاةِ قَهْقَةً فَلْيُعِدِ الْوُضُوءَ وَالصَّلَاةَ «Ibn Adiy «Komil»da Ibn Umar roziyallohu anhumodan qilgan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim namozda qahqaha otib kulsa, tahorat va namozni qaytarsin», deganlar».
Kulganda ovozni o‘zi eshitib, boshqa eshitmasa, «zehk» deyiladi va bunday kulgi ila namoz buziladi-yu, tahorat buzilmaydi.
Hech kimga eshitilmaydigan, ovozsiz kulgi tabassum deyiladi. Tabassum ila tahorat ham, namoz ham buzilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:30 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar