Chet el hayotiga oid masala!

Assalomu alaykum Qadrli Ustozim. Qilayotgan hayrli ishlaringizni Alloh dargohida husni maqbul aylasin. Omin!Ustozim ruhsatingiz bilan Sizdan bu safar Asr namozi va Tish masalasi va unga oid masala haqda so‘ramoqchiman.1) Man hozirda Chet elda yashavoyapman, va shu bilan birga bu erda Allohga shukurki ibodatlarni qilish bahtiga musharraf bo‘lip yurimman. Ustozim Man yashayotgan mamlakatning ko‘p qismi Shofeiy mazhabi asosida ibodatni qoim qilishadi, shu mazhab ergashuvchilariga qarab biz ham ular bilan ibodatlarimizni qoim qilamiz. Man so‘ramoqchi bo‘lgan narsa shuki Bu erda Asr namoziga Hanafiy mazhabiga qaraganda vahliroq azon chaqiriladi, va sunnatga binoan azon chqirilishi bilan jamoatga shoshamiz, ammo ba‘zi bir masjidalarda esa hanafiy mazhabi asosida ibodat qilinadi, shu erda biz biroz qiynalyapmiz. Qadrli Ustozim, Biz hanfiy mazhabi asosida ibodatni qilishimiz kerakmi yoki bu erda asr namoziga azon chaqirilganda jamoatdan qolmasdan Asr namozini Shodeiy mazhabi asosida o‘qiyvurilylikmi?2) Ustozim Alhamdulillah Payg‘ambarimiz :saw sunnatlariga binoan ibodatlarimizni qoim qilyapmiz, ammo shu kunlarda manda yana bir muammo tug‘ilgan. Yani Tishim kasallanib kovak holiga kelgan. Shu sabab kovakdan biroz miqdorda qon seli yoki yiring aralash sel chiqib turadi. Man hozirda tahorat olgach kovak ustiga pahta tiqib ibodatlarimni qilyapman va kovakda pahta bo‘lganligi sabab tashqariga sel chiqmayapti. Hamda tahoratim sinmaguncha u pahtani olmay namozlarni o‘qib yurimman. Ustozim aytingchi har namozga yangi tahorat olishim shartmi yoki tahoratim bo‘lsa bemalol namoz vaqti kirganda tahoratni yangilamay ibodat qilaveraymi?Javobingiouz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Hanafiy mazhabidagi masjidlarga borsangiz yaxshi bo‘ladi. Ammo boshqa mazhablarga iqtido qilish man’ qilinmagan.2. - Tishdan tahoratni buzuvchi narsa chiqsa, har namozga tahorat qilasiz.

27 May 2022, 06:18 | Savol-javoblar | 167 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar