Ayolini o‘pish taxoratni ketkazadimi?

Assalomu alaykum! Yaqinda feysbukda bir ma’lumotga duch keldim. Kishi o‘z ayolini o‘psa taxorat olishi lozim bo‘larkan. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar, iltimos. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kishi ayolini o‘psa, boshqa tomondan maziy kelmasa tahorat olish lozim emas. عن عروة عن عائشة أن النبي صلى الله عليه وسلم قبل بعض نسائه ثم خرج إلى الصلاة ولم يتوضأ قال قلت من هي إلا أنت قال فضحكت Urva roziyallohu anhu Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qiladi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarning ba’zisidan bo‘sa oldilar, so‘ng tahorat yangi tahorat olmasdan namozga chiqdilar” dedi. Urva aytadi “o‘sha ayol siz bo‘lsangiz kerak” degan edim, kulib qo‘ydi. Termiziy rivoyati. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 22:15 | Savol-javoblar | 63 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar