Majruh qizga uylansam bo‘ladimi?

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men uchun juda ham qadrli bo‘lgan, Ustozim. Sizning maslahatingizga muhtojman. Duolaringiz ila qarzlarimdan ham qutulib qoldim. Bugun sizni yana bir savol bilan bezovta qilyapman. Musofirman. Vatanimga 5-6 yil qayta olmayman. Yoshim esa 24 da. Shu erda bir muslima ibodatli o‘zbek qizini uchratdim. Allohning qadari bilan singlimiz avtohalokat sababli hozirda yurolmayaptilar. Lekin uyning ichida mustaqillar. O‘shalarga uylanmoqchiman. Lekin Onajonim qarshi bo‘ladilar, deb o‘ylayapman. Shuning uchun hozircha gap ham ochmadim. Ba’zida o‘zimga o‘zim shunday deyman " Qo‘y, nima qilasan. Birorta sog‘ qizga uylanasanda". Yana ba’zida " Bu qiz behikmat yo‘limdan chiqmadi, Allohning sinovi bu. Uylanmasdan aloqani uzsam, Allohning g‘azabiga uchrayman". Shu xayollar tinchlik bermayapti. Nima qilay Ustozim? Iltimos, qadrli vaqtingizni men kabi nodon bandaga ajratganingiz uchun meni kechiring. Alloh taolodan siz va oilangizga ikki dunyo saodatini so‘rab qolaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Istixora qiling.

26 May 2022, 20:38 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar