Namozda Qur’on tilovati

Assalomu alaykum! Men Yosin va Mulk suralari, hamda kichik suralarni yod oldim, Xudoga shukr. Namozda Mulk va Yosin suralarini zam sura qilib o‘qib ko‘rmoqchi edim, lekin qunt qilib o‘qiy olmayapman. Shu suralarni oyatlaridan 5 ta 5 ta qilib zam sura qilsam bo‘ladimi? Agar savolim xato bo‘lsa uzr ustozlar. Bu bilimsizlikdan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo biror ustozdan yodlaganlarizi o‘tkazib oling. Keyin zam suraga to‘liq o‘qish shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:33 | Savol-javoblar | 135 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar