Ota-ona xaqida

Assalomu alaykum! Men yoshligimda ota onamni ko‘p norozi qilganman va ular aytishganki bizni ko‘p norozi qilaverma bu qaytar dunyo kelajakda o‘zingni bolalaringdan qaytadi deganlar, lekin xozir katta bo‘ldim norozi qilganim yo‘q, ammo yoshlikda norozi qilganlarim jabrini o‘zimni farzandlarimdan ko‘ramanmi? Albatta buni Alloh o‘ta biluvchi zot, Alloh xoxlasa jabrini totdiradi lekin qanaqadur duo yoki shunga o‘xshash zikrlar bormi shu ko‘ngilsizliklardan Alloxdan panox so‘rash uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangizning xizmatida bo‘lib ularning roziligini olsangiz, tavba va istig‘forni ko‘paytirsangiz o‘tkan ishlar uchun sizga hargiz iqob bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

24 Noyabr 2023, 14:41 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar