Allohdan isbot talab qilganlari haqida
Assalomu alaykum! Qur’onda 2 holatda Payg‘ambarlar Allohdan isbot talab qilishganini mantig‘ini tushunmadim. Alloh hamma narsaga qodir Zot bo‘lsa undan isbot talab qilinganidan maqsad nima bo‘lgan bo‘lishi mumkin? 1). Ibrohim alayhissalom qaysi sura ekani esimda yo‘q Allohga qarab sen qiyomatda qanday qilib hammani chirib ketgan bo‘lsa ham tiriltirisan deganda Alloh sen bunga shubha qilayapsanmi deydi shunda Ibrohim alayhissalom yo‘q shubha qilmayman ammo ko‘nglim hotirjamligi uchun deydi. Mana shu erda men Ibrohim alayhissalomni qilgan ishlarini ma’nosini tushunmadim ya’ni agarda ishonsalar nimaga isbot talab qiladi o‘zlari payg‘ambar bo‘lsalar Allohning hamma narsaga qodirligini bilsalarda o‘sha jarayonni ko‘ray deganlar. 2). Zakariyo alayhissalom Maryam surasida Allohga nido qilib men va xotinim qarib qoldik senga duo qilish bilan badbaxt bo‘maganman menga bir farzand ber deydilar. Shunda Alloh ey Zakariyo biz senga Yahyo ismli g‘ulomni bashoratini beramiz deb marhamat qiladi. Shunda Zakariyo alayhissalom men va xotinim qarib qolgan bo‘lsak bizdan qanday farzand bo‘ladi deb so‘raydi va isbot talab qiladi. Shunda Alloh sen 3 kungacha qavminga gapira olmaysan deb xabar beradi. Muhtaram ustozlar, mana shu erdagi mantiqni men nimagadir tushuna olmadim. Avvalambor Zakariyo alayhissalomni o‘zlari aniq ravshan qilib aytdilar ya’ni men va xotinim qarib qoldik endi bizdan bola bo‘lmaydi yaratgan robbim Alloh sen esa qodir Zotsan shuni uchun bizga farzand ber degan ma’noda ammo Alloh farzand hushhabarini bergandan keyin ajablanib bizdan qanday farzand bo‘ladi ahir biz qarimizku deganlarini va buni ustiga Allohning hamma narsaga qodir sifatini biladigan payg‘ambar sifatida isbot talab qilishlarini ma’nosi nima bo‘lgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ilm ikki qismga bo‘linadi. Eshitib bilish va ko‘rib bilish. Aniqki ko‘rib bilgani eshitib bilganidan kuchli bo‘ladi. Ibrohim alayhissalom eshitib bilishni xosil qildilar. Ko‘rib bilishni ham xosil qilmoqchi bo‘lganlar. 2). Bu isbot talab qilish emas, “Ayolim homila bo‘lganiga nima alomat bor” deb alomat so‘raydi. Banda payg‘ambar bo‘lganida ham banda bo‘ladi. Bandalik alomatlari undan zohir bo‘lib turadi. Qarang, Allohdan o‘zga hech narsadan qo‘rqmasligi kerak bo‘lgan zot Muso alayhissalom asolari ilonga aylanganini ko‘rib qo‘rqqanidan qochdilar. Bu e’tiqodga tegishli emas bandaning tabiatiga tegishli bo‘lgan narsadir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:37 | Savol-javoblar | 161 | Qur’oni karim