Xufton namozini juda kech o‘qish

Assalomu alaykum! Ba’zi paytlarda xufton namozini kech o‘qiyman. Kechqurun 00:00dan ham o‘tib ketadi. Shunday paytlarda qanday niyat qilishni bilmay ikkilanib qolaman. Chunki kun ertangi kunga o‘tib ketadi, masalan sana 13 iyun bo‘lsa 14 iyunga o‘tib ketadi. Shunday paytlarda qanday niyat qilinadi yoki xufton qazo bo‘lib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bamdodni vaqti kirgunicha xuftonning vaqti hisoblanadi. Xuftonni vaqtida deb niyat qilasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 180 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar