Yo‘qolgan narsani topib olsam

Assalomu alaykum! Men ko‘chada tilla zirak topib oldim. Uni zargarga oborsam rostan ham qimmat tilla ekan. Uni egasini bilmayman. Shuning uchun uni sotib, o‘zim biladigan kambag‘al oilaga oborib sadaqa qivordim. Keyin menga aytishlaricha uni egasini 10 yil qidirib topishim kerak ekan. Shunda ham topolmasam uni 10 barobar qilib ehson qilishim kerak ekan. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qoida: Tez chiriydigan va aynidigan narsalarni egasini kutmasdan faqir, miskinga sadaqa qilib yuboriladi. Egasi topilgach pulini beradi. Tez chirimaydigan buyumlarni bir yilgacha e’lon qilish kerak. O‘zi foydalanishi joiz emas. Shunda ham topilmasa nomidan sadaqa qilinadi, mabodo egasi topilsa pulini beradi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar