Omina onamiz haqlarida
Shayx Hazratlari. Ramazon oyi muborak bolsin! Savol: Paygambarimiz s.a.v. onalari haqlariga istigfor sorashga Allohdan izn soraganlarida, Alloh izn bermagan, lekin qabrlarini ziyorat qilishga ruhsat bergan. Istigfor sorashga Allon nima sababdan izn bermagan? Javob uchun oldindan katta rahmat. Alloh rozi bolsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
PAYG‘AMBAR SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM ONALARI QABRINI ZIYoRAT QILGANLARIAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam onalarining qabrini ziyorat qildilar. O‘zlari yig‘ladilar, atrofidagilarni ham yig‘latdilar. Keyin: «Robbimdan u(onam)ga istig‘for aytishga izn so‘radim, izn berilmadi. Uning qabrini ziyorat qilishga izn so‘radim. Izn berildi. Bas, qabrlarni ziyorat qilinglar. Chunki, u, albatta, oxiratni eslatadi», dedilar».Muslim, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamnig onalariga istig‘for aytishga izn so‘raganlari farzandlik burchlarini chuqur his qilganliklaridandir. Izn berilmagani esa, U zotning onalari Omina binti Vahbning Islomdan oldin o‘lib ketganlaridir. Istig‘forning sharti Islomdir. Shuning uchun Islomda o‘tgan ota-onalarga farzandlari istig‘for aytsalar yaxshi bo‘ladi.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamnig onalari qabrini ziyorat qilishga izn so‘raganlari, ziyorat qilib yig‘laganlari va o‘z atrofidagilarni yig‘latganlari ham farzandlik burchlarini chuqur his etganlaridandir. Bundan hamma farzandlar o‘rnak olishlari kerak.Ahli sunna va jamoa ulamolari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamnig onalari jannatidir. Chunki u kishi ahli fitratdir. Ahli fitrat jannati bo‘lishida shubha yo‘q, deyishadi.
29 Aprel 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 188 | Dolzarb savollar