4 yillik qazo ro‘za
Assalomu alaykum! 1. Men 2014 yili homiladorlik uchun, 2015 va 2016 yili emizikli farzandim borligi uchun, 2017 yili uzrli sabab bilan (homilam nobud bo‘lgan va to‘xtamay nifos ko‘rganman) - jami 4 yil ketma-ket ro‘za tutolmadim. Endi shu ro‘zalarimning qazosini tutmoqchiman. Lekin shu yilgi Ramazonda 8 kun uzrli qazo qilganimni hozir endigina 4-kunini tutib beryapman. Yana 120 kunlik ro‘zalarimning qazosini agar kelasi Ramazonga tutishga ulgurmasam, fidya bersam bo‘ladimi? Yo u ramazondan keyin ham tutib bersam bo‘ladimi? 2. Juma kuni ro‘za tutish mumkin emasmi? Bu qaysi hadis va dalilga asoslanib aytilgan? Men shu juma qazo ro‘za tutgandim, o‘tmaydimi? Alloh sizdan beminnat javoblaringiz usjun rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Fidya berish joiz emas. Qazosini tutib berasiz.
2). Mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 149 | Ro‘za
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Fidya berish joiz emas. Qazosini tutib berasiz.
2). Mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 149 | Ro‘za