Eskichadanmikin
Assalomu alaykum! Opamni mazasi yo‘q 2 xaftadan buyon o‘tida toshi bor ekan, respublikani eng zo‘r shifokor professorlari xam yordam berisholmayabdi Nabiy alayhissalom o‘z hadisi shariflarida: «Ko‘z haqdir, u tuyani qozonga, odamni qabrga kiritadi», – deganlar. Balkim ko‘z tekkanmi meditsina davolay olmayabdi, keyin kech bo‘lishi mumkin, balkim eskichilik yoki ko‘z tegishidan bo‘layotgandir.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Din bu eskichalik emas. Tushunchangizni to‘g‘rilang. Tongda quyidagi duoni o‘qing: عَنْ أَبَانَ بْنِ عُثْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ لَمْ تُصِبْهُ فَجْأَةُ بَلَاءٍ حَتَّى يُمْسِيَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abon ibn Usmondan, u otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kim «Bismillaahillazii laa yazurru ma’a ismihi shay’un fil arzi va laa fis samaai va huvas-samiy’ul aliym»ni uch marta aytsa, kechqurun bo‘lguncha unga to‘satdan keladigan balo etmaydi», deganlarini eshitdim».
«Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan.
Demak, kim ixlos bilan ushbu hadisi sharifda kelgan duoni o‘qib yursa, unda berilgan va’dadan bahramand bo‘lar ekan. Bunga e’tiqod va amal qilishga odatlanmog‘imiz kerak.
Duoning ma’nosi quyidagicha: «Ismi birga bo‘lganda eru osmonda hech narsa zarar qilmaydigan Allohning nomi ila. U Zot o‘ta eshituvchi va o‘ta ko‘ruvchidir». ("Ruhiy tarbiya" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 142 | Tabobat