Boin taloq nima?
Assalomu alaykum! Uzr so‘rayman ustozlar, boin taloq degani nima va qanday hollarda qaysi so‘zni aytish bilan boin taloq tushadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! BOIN TALOQ Boin (ochiq-oydin) taloq faqat taloqqa ishlatilib, undan boshqaga ishlatilmaydigan, «Sen taloq bo‘luvchisan», «Taloq qilingansan», «Seni taloq qildim» kabi lafzlar bilan bo‘lganidir. Bu kabi lafzlarni taloqdan boshqa ma’noga mutlaqo burib bo‘lmaydi. Bunday lafzlar ishlatilganda niyatga hojat ham qolmaydi. Bu bilan bir raj’iy taloq tushadi. Biror narsani niyat qilganmi-qilmaganmi, birdan ko‘pnimi yoki boin taloqni niyat qilganmi, bari bir taloq tushadi. Bunday taloqning raj’iy bo‘lishi Alloh taoloning “Baqara” surasidagi «Taloq ikki martadir, so‘ngra yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo‘yib yuborish» oyatidan olingan. Taloqdan keyin ushlab qolish mumkin bo‘lsa, u taloq raj’iy bo‘ladi, ya’ni yangidan nikoh qilmasdan qayta yarashib olsa, bo‘laveradi. Ochiq-oydin taloqda ikki yoki uch taloqning niyati o‘tmasligiga biz yuqorida bayon etgan Ibn Umarning xotinini taloq qilgani haqidagi hadis dalil bo‘ladi. Zero, o‘sha hadisda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibn Umarni raj’at qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amr etdilar. U kishining niyatini so‘rab ham o‘tirmadilar. Taloqni ayolning butuniga yoki «boshing», «bo‘yning», «ruhing», «yuzing», «farjing» kabi butunlikni ifoda qiladigan narsalarga yoxud «yarming»ga o‘xshash katta bo‘lakka izofa qilsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Ya’ni, «sen taloqsan» desa, taloqni ayolning butuniga izofa qilgan bo‘ladi. «Boshing taloq», «bo‘yning taloq», «ruhing taloq», «yuzing taloq», «farjing taloq» kabi iboralarda butunlikni ifoda qiladigan narsalarga izofa qilgan bo‘ladi. Bu ikki holatda ham taloq tushadi. «Yarim», «uchdan bir», «chorak», «yuzdan biring» kabi iboralarni ishlatganda ham taloq tushadi. Chunki ayol kishi taloqqa nisbatan juzlarga bo‘linmaydi. Qo‘lga, oyoqqa, orqaga va qoringa izofa qilib bo‘lmaydi. Ushbu iboralarni ishlatib, «qo‘ling», «oyog‘ing», «orqang» yoki «qorning taloq» desa, taloq tushmaydi. Taloqning ba’zisi ham taloqdir. Ya’ni, «yarimta», «uchdan bir», «chorak taloq qo‘ydim», deganda bir taloq tushadi. Chunki bo‘linmaydigan narsaning ba’zisini zikr qilish hammasini zikr qilish bilan barobardir. «Ikkiga ikki»da ikki taloq tushadi. Bunda «bilan»ni niyat qilgan bo‘lsa, u ham o‘tadi. Ya’ni, «seni ikkiga ikki taloq qo‘ydim» desa, ko‘paytirishni niyat qilgan bo‘lsa ham, bo‘lishni niyat qilgan bo‘lsa ham, ikki taloq tushadi. Bunda «ikki bilan ikki taloq qo‘ydim» degan niyatni qilgan bo‘lsa ham o‘tadi va xotin uch taloq bo‘ladi. Masalan, «sen birdan ikkigacha taloqsan» desa, bir taloq tushadi. «Sen birdan uchgacha taloqsan» deganda ikki taloq tushadi. «Sen Makkada taloqsan»da darhol tushadi. «Makkaga kirganingda taloqsan»da bog‘lanib qoladi. Birinchi holatda darhol taloq tushishi taloqni makonga bog‘lab bo‘lmasligidandir. Shuning uchun Makkani zikr qilishiga qaramay, o‘zi qaerda bo‘lishidan qat’i nazar, darhol taloq tushadi. Ikkinchi holatda taloqni makonga emas, amalga bog‘lab qo‘yildi. Shuning uchun amal bajarilsa, ya’ni qachon Makkaga kirsa, o‘shanda taloq tushadi. Misol uchun, bir kishi o‘z xotiniga «Zayd kelgan kuni sening ishing o‘z qo‘lingda» desa, butun nahorni ifoda qiladi. Chunki «kun» lafziga qo‘shilib kelgan ibora cho‘ziladigan ishni ifoda qiladi. Duxul qilinmagan xotinga «sen uch taloqsan» desa, aytgani tushadi. Ulamolar jumhuri, jumladan, to‘rt mazhab fuqaholari ham: «Bir lafz bilan aytilgan «uch taloq» uch taloq hisoblanadi. Bunday holda er-xotin ajrashadi, qayta yarashish imkoniga ega bo‘lmaydilar», deyishgan. Ba’zi sahoba va tobe’inlar, shuningdek, Hanbaliy mazhabining ba’zi ulamolari: «Bir lafz bilan qilingan «uch taloq»da bir taloq tushadi», deganlar. Dalil va hujjatlarni solishtirib, tadqiq qilgan ulamolarning ko‘pchiligi jumhur va to‘rt mazhabning qavli kuchli ekaniga ishonch hosil qilganlar. Jumhur, jumladan, hanafiy mazhabi bir lafz bilan aytilgan uch taloq uchta tushishiga ko‘plab dalillarni keltirgan. Bularni misol tariqasida qisqacha bayon qilamiz. 1. Qur’oni Karimda taloq haqida kelgan oyatlarda bir lafz bilan aytilgan uch taloqning uchta tushishiga ishora bor. 2. Uvaymir Ajaloniy xotini bilan mulo’ana qilganidan keyin uch taloq qo‘ygan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning bu ishini inkor qilmaganlar. 3. Musulmon ummati bir lafz bilan aytilgan uch taloq uchta tushishiga qadimdan ijmo’ qilib kelgan. 4. Katta sahobalardan ko‘pchiligi o‘zlariga shu masalada savol tushganda uch taloq tushishi haqida fatvo berishgan. 5. Qiyos qilinadigan bo‘lsa, taloq ham mulk hisoblanada va uning egasi xohlaganicha tasarruf qiladi. Shunday bo‘lsa ham, keyingi paytlarda bu masalada zaif qavlga amal qilishga o‘tgan tomonlar bor. Bu ishni ma’qullaganlar: «Zarurat yuzasidan, rasmiy ravishda zaif qavl qabul qilinsa, o‘shanga amal qilinsa, bo‘laveradi», deyishadi. Atf (bog‘lovchi) bilan aytganda birinchisi bilan ayolga bir boin taloq tushgan bo‘ladi. Ya’ni, er o‘zi duxul qilmagan xotiniga: «sen taloqsan va taloqsan va taloqsan» desa yoki «taloq, taloq, taloq» desa, birinchi taloqni aytishi bilan boin taloq tushib qoladi-da, keyingi taloqlar behuda gapga aylanadi. Agar ta’liq (taloqni biror narsaga bog‘liq) qilib, shartni oldin aytgan bo‘lsa ham, xuddi shunday bo‘ladi. Ya’ni, er o‘zi duxul qilmagan xotiniga: «agar falonchining uyiga kirsang, sen taloqsan va taloqsan va taloqsan» desa yoki «taloq, taloq, taloq» desa, birinchi taloqni aytishi bilan boin taloq tushib qoladi-da, keyingi taloqlar behuda gapga aylanadi. Agar shartni keyin aytgan bo‘lsa, hammasi tushadi. Ya’ni, er o‘zi duxul qilmagan xotiniga: «sen taloqsan va taloqsan va taloqsan, agar falonchining uyiga kirsang», desa yoki «taloq, taloq, taloq» desa, uch taloq tushadi. «Sen bittadan oldin bitta yoki undan keyin bitta taloqsan» desa, yaqinlik qilinmagan ayolga bitta, yaqinlik qilingan ayolga ikkita taloq tushadi. Chunki jinsiy yaqinlik qilinmay turib, taloq qilingan ayolga tushgan taloq boin bo‘ladi. Boin taloqdan keyin taloq tushish imkoni yo‘qoladi. Shuning uchun avvalgisi tushgani bilan keyingisi tushmaydi. Ammo jinsiy yaqinlik qilingan ayolga tushgan taloq raj’iy bo‘ladi va raj’iy taloq qilingan ayolni yana taloq qilish imkoni bo‘ladi. Shuning uchun sharh qilinayotgan jumladagi kabi iboralarda unga ikki taloq tushadi. «Undan oldin bitta», «keyin», «u bilan birga» va «birga»lardan ikki taloq tushadi. Bu holatlarda ayol duxul qilinganmi, qilinmaganmi, farqi yo‘q bo‘ladi. Agar kishi o‘zining duxul qilingan yoki qilinmagan xotiniga: «sen bir taloqsan, undan oldin bitta», «sen bir taloqsan, keyin bitta», «sen bir taloqsan, u bilan birga bitta», «sen taloqsan, bir taloq bilan birga» degan gaplarni aytsa, xotiniga ikki taloq tushgan bo‘ladi. Arab tilida ushbu tarkiblar bilan aytilgan so‘zlar ikki taloq tushishi ma’nosidan boshqa ma’noni anglatmaydi. Agar barmoqlari bilan ishora qilsa, yozilganlari e’tiborga olinadi. Barmoqlarining orti bilan ishora qilsa, yumilganlari e’tiborga olinadi. Agar taloq qilgan er uning adadiga qo‘lining panjalari bilan ishora qilsa, kaftining ich tarafini xotinga qaratgan bo‘lsa, yozilgan barmoqlar adadi e’tiborga olinadi. Mabodo qoziga: «Men ishora qilganimda yumilgan barmoqlar adadini niyat qilgan edim», desa, so‘zi qabul qilinmaydi. Taloq qilgan er uning adadiga qo‘lining panjalari bilan ishora qilganda kaftining tashqi tarafini xotinga qaratgan bo‘lsa, yumilgan barmoqlar adadi e’tiborga olinadi. Mabodo qozining oldida: «Men ishora qilganimda yozilgan barmoqlar adadini niyat qilgan edim», desa, so‘zi qabul qilinmaydi. Agar taloqni shiddat, uzunlik yoki kenglik bilan vasf qilsa yoxud uni shularga dalolat qiluvchi narsalarga o‘xshatsa, uchni niyat qilgan bo‘lsa – o‘sha, bo‘lmasa, bir boin taloq tushadi. Agar er xotiniga: «Seni shiddatli, qattiq, eng katta, eng uzun, eng keng taloq qo‘ydim» desa, yoki «Tog‘dek, ming taloq, qum taloq qo‘ydim» kabi lafzlarni aytsa, uning niyati so‘raladi. Agar: «Uch taloqni niyat qilgan edim», desa, uch taloq tushadi. Ikki taloq yoki bir taloqni niyat qilgan bo‘lsa, bir taloq tushadi. Bu holatda ikki taloq tushishi mumkin emas. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 406 | Oila va turmush