Adashish taqdirdanmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, men bir narsaga hayronman qaysidir kitobda o‘qiganimda inson taqdiri azaldan yozilar ekan. Bir hil insonlarni butun umr savob ishlar qilarkan jannatga ozgina qolganda bir marta xato qilib do‘zaxga tusharkan. Ba’zi odamlarniki esa shuni aksi bo‘larkan. Mening savolim o‘sha inson adashishi taqdirdanmi? Inson nima qilmog‘i kerak? Hamma ham adashadiku. Iltimos izoh bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shuning uchun har bir inson hidoyatni so‘rab duo qilishi, har bir qilgan amalni Alloh taoloning roziligi uchun qilish kerak. Hadislarni sharhlovchi ulamolarimiz o‘sha oxirida adashib ketuvchi inson haqida “U avvalgi ishlarini ham Allohning roziligi uchun qilmagan bo‘ladi” deganlar. Ibn Rajab Hanbaliy “Insonning xotimasining xunuk bo‘lishi insonlar bilmay kishining o‘ziga ma’lum bir qabih ishi tufayli bo‘ladi. Uni Alloh bilan bandadan boshqa hech kim bilmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:10 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar