Mol yoyar
Assalomu alaykum! Yoshi katta ayollarimiz aytishicha mol yoyar yoki sep ko‘rish degan urf odat bor. Mol yoyar o‘tkazish o‘zi joizmi? Mol yoyardan so‘ng kelin va ko‘yovning yotoqxonasiga kirib tomosha qilish mumkunmi? Shu masalada uydagilar bilan tortishib qoldim mumkun emas desamam urf odat deb og‘zimni yopishdi. 2). Kelin salom xaqida o‘qib chiqdim, o‘zim uchun kerakli javobni oldim. Ammo kelin to‘yxonaga kirganida yoki to‘ydan keyin mexmonlarga salom qilmasligini aytishga xaqqi bormi? Agar yoshi kattalar urf odat hurmatsizlik ruku darajasida emasku deb majburlashsa nima qilganim joiz ? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bularning barchasi tark qilinishi shart bo‘lgan urf-odatlar. Kattalar dinga zid ish qilishganida ularga ergashilmaydi. Ularni bu kabi aytganlarini qilmaslik behurmatlik ham bo‘lmaydi. Aytishda hikmat yo‘lini tutish kerak. Ko‘p ishlarni sukut qilib indamay o‘tkazib yuboraverish kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:36 | Savol-javoblar | 186 | Ayollarga oid masalalar