Tuxum kimga tegishli

Assalomu alaykum! Tomorqamizni uch-to‘rt kun bo‘ldi tozalayotganda besh dona tovuq tuxumi chiqdi. Qo‘shnilarning tovug‘i xar kuni bizning tomorqada hamma yoqni payxon qilib yuradi. Tuxumni nima qilish haqida o‘zimizning imomlardan so‘rasam, birlari “tuxum sizniki bo‘ladi, chunki payxon qilganini hisobiga” desa boshkalari egasiga berishni maslaxat berishdi. Gap shundaki ikovi qo‘shnining tovug‘i bor va hammasi biz yo‘qligimizda tomorqamizda yuradi. Tuxum qaysi biriga tegishliligini aniq bilmayman va bu masalani qonikarli ravishda javobini topolmayabman. Uch-to‘rt kundan beri tuxum egasiz yotibdi. Bu masalani echimi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tuxum tovuqning egasiniki bo‘ladi. Surishtirsangiz ma’lum bo‘ladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar