Axli ayoliga yaqinlik qilish

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ayolingizni orqa tarafiga yaqinlik qilmanglar” deb marxamat qilganlar, lekin bazi maruzalarda va maqolalarda Baqara surasi oyatlarida Alloh taolo “Ayollaringiz ekinzoringizdur ularga xoxlagan tarafingizdan kelinglar” degani kabi narsalarni ko‘rib qoldim. Iltimos shu xaqida tushuntirib bersangizlar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda: عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَتِ الْيَهُودُ تَقُولُ: إِذَا أَتَى الرَّجُلُ امْرَأَتَهُ مِنْ دُبُرِهَا فِي قُبُلِهَا كَانَ الْوَلَدُ أَحْوَلَ، فَنَزَلَتْ - نِسَآؤُكُمْ حَرْثٌ لَّكُمْ فَأْتُواْ حَرْثَكُمْ أَنَّى شِئْتُمْ -. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Yahudiylar «Agar erkak xotiniga orqa tomondan oldiga yaqinlik qilsa, bola g‘ilay bo‘ladi», der edilar. Shunda «Ayollaringiz ekinzorlaringizdir. Bas, ekinzoringizga xohlagan tomoningizdan keling», oyati nozil bo‘ldi».
To‘rtovlari rivoyat qildilar.
Sharh: Jinsiy tarbiya muhim masalalardan bo‘lganligi uchun uni Alloh taolo Qur’onda zikr qilgan. Doim bo‘lgani kabi, o‘sha paytlarda ham bu nozik va o‘ta hassos masalada odamlar ichida bo‘lar-bo‘lmas gaplar chiqib turardi. Jumladan, ahli kitob, madaniyat sohibi sanalgan yahudiylar ham turli diydiyolarni tarqatib turar edilar. Jumladan, ular «Agar er xotinining oldiga orqa tarafidan turib, yaqinlik qilsa, bolasi g‘ilay tug‘iladi», degan gapni tarqatgan edilar. Alloh taolo yuqorida zikr etilgan oyatni nozil qilib, ularning gaplari botil ekanligini bayon etdi. Qaysi tomonidan bo‘lsa ham, ekin – bola bo‘ladigan joyga bo‘lsa, bo‘ldi. Bolaning qanday bo‘lishiga yaqinlik qilishning holati sabab bo‘lmaydi. وَلِأَصْحَابِ السُّنَنِ: مَلْعُونٌ مَنْ أَتَى امْرَأَةً فِي دُبُرِهَا «Sunan» egalarining rivoyatida:
«Kim ayol kishining orqasiga yaqinlik qilsa, mal’undir», deyilgan.
Sharh: Xotinining oldini qo‘yib, orqasiga yaqinlik qilish katta gunohdir. Unday odam Alloh taoloning la’natiga uchraydi. Chunki bu shar’an harom qilingan ishdir. Shariatda harom qilingan ishni qilgan odam esa la’natga uchraydi, Allohning rahmatidan quviladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

2 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar