AQShga parvoz

Assalomu alaykum! 1) Xozirgi kunda Ӯzbekistondan AQSh davlatiga 1 reysli parvozlar mavjud. Parvoz vaqti taxminan 12 soatni tashkil etadi. AQSh vaqti Ӯzbekistondan 9 soat orqada. Agar 1-avgust kuni soat 07:00da Ӯzbekistondan samalyot uchsa AQShga 1-avgust soat 10:00 da qo‘nadi. Peshin namozi AQShda kirishi bo‘yicha o‘qiladimi? 2) Teskari xolatdachi? AQShdan 1-avgust soat 15:00 da samalyot uchsa Ӯzbekistonga 2-avgust kuni 12:00 da qo‘nadi. Peshin namozi AQShda o‘qilsa 1-avgust kunidagi Asr, Shom, Xufton, Vitr va 2-avgust kunidagi Bomdod namozi qanday o‘qiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bamdodni o‘qib uchilsa qancha uchsa ham peshinni vaqti kirgan joyning vaqti bilan peshin o‘qiysiz. Qaytishda quyoshga qarab o‘qiysiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 193 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar