To‘y xonadonidan osh olib ketish

Assalomu alaykum! Qarindoshlar to‘y yoki shunga o‘xshash ehson qilib osh berishganda biz shu ehsonlardan uyga osh olib ketamiz. Ba’zida xonadon egalari o‘zlari uyilarga osh olvolinglar deyishadi. Ba’zida aytishmasa ham olib ketamiz, chunki bu odat tusiga kirgan, ya’ni to‘y yoki ehson egasi qarindoshlar uyiga osh olishini biladi, hatto shuni o‘ylab ko‘proq ham qiladi. Bizni o‘ylantirgan masala shuki kimdir ko‘proq oladi yoki aniq kim olganini ehson egasi bilmaydi. Shunday vaziyatda oladigan taomini ko‘rsatib egasini rozi qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ruxsatsiz olish joiz emas. Mabodo odatda umumiy izn bergan bo‘lsa, olish ham mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:37 | Savol-javoblar | 133 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar