Namozsiz hayot

Assalomu alaykum! Hayoti davomida biror marta namoz o‘qimagan, salovot nimaligini bilmagan, salovot, zikr, aytmagan, 70 yoshli onaxon ramazon oyida olamdan o‘tib qoldilar, xamma yaqinlari jannati ekan so‘roq savolsiz to‘g‘ri jannatga o‘tib ketadi deyishdi. Shu gap qanchalik xaqiqatga yaqin? Folbinlarni eshigidan chiqmagan, namoz o‘qimagan, zakot, fitrni bilmaganlar xam ramazonda olamdan o‘tsa jannati bo‘ladimi? Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ramazonda vafot etish jannatiy degani emas. Iymon bo‘lmasa, amal bo‘lmasa qadr kechasida o‘lganni ham foydasi yo‘q. Musulmon kishi vafot etsa, yaxshi umid qilinadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:36 | Savol-javoblar | 201 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar