Qurbonlik niyati

Assalomu alaykum! Ustozlar men Rossiyada onamga tel qilib uydagi qo‘ylardan bittasini sizni (yani onamni) nomizdan niyat qilib qurbonlikka so‘yinglar dedim. Onam ham rozi bo‘lib falon falon 40 kg dan ortiqroq keladigan qo‘yni birini so‘yamiz deb aytdi. Savolim, shu suhbatimizning o‘zi niyatga kifoya qiladimi yoki so‘yishdan oldin alohida niyat qilish kerak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avval qurbonlik qiluvchini tayin qilib olish kerak. Qurbonlik qilish esa : Savol: Qurbonlik kimlarning zimmasiga vojib? Javob: qurbonlik zimmaga vojib bo‘lishi uchun 4 shart topilishi kerak. 1.    Musulmon bo‘lishi. Chunki qurbonlik qurbat bandani Alloh taologa yaqin qiluvchi ibodat bo‘lib kofir unga ahl emas.(Badoe’us sanoe’) 2.    Ozod bo‘lish. Chunki qulning mulki bo‘lmaydi. (Al bahrur roiq) 3.    Nisob egasi bo‘lish. عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «مَنْ وَجَدَ سَعَةً لِأَنْ يُضَحِّىَ، فَلَمْ يُضَحِّ، فَلاَ يَحْضُرْ مُصَلاَّنَا» Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:   «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qurbonlik qilishga imkon topib, qurbonlik qilmasa iydgohimizga kelmasin», dedilar”. Ahmad, Hokim, Bayhaqiy va boshqalar rivoyat qilishgan. 4.    Muqim bo‘lish. Musofirga qurbonlik vojib emas. Garchi safarda nisob miqdoriga ega bo‘lsa ham. Ali  roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:” Musofir zimmasiga qurbonlik vojib emas”. Shu so‘zni Abu Hanifa va Ibrohim Naxa’iylar ham aytishgan. (Avnul Ma’bud). Savol: Ota vafot topib, ayoli va balog‘atga etmagan bolalari qolsa va qoldirgan hojati asliyadan tashqari mollari ayolini va farzandlarining har biri alohida alohida nisob egasi bo‘lishiga kifoya qilsa har biriga alohida qurbonlik vojib bo‘ladimi? Javob: Ayoli zimmasiga qurbonlik vojib bo‘lib, balog‘atga etmagan bolalari tarafidan qurbonlik qilishi vojib bo‘lmaydi. Roddul muhtorning qurbonlik kitobida shunday keltiriladi: «ota balog‘atga etmagan bolasining molidan  uni nomidan qurbonlik qilmaydi». Keyin so‘yish vaqtida “falonchining tarafidan” deyish kifoya qiladi.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:19 | Savol-javoblar | 138 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar