Mustahab shart emas ekan

Assalomu alaykum! Kichik xojatdan keyin mustaxab shartmas ekan, agar shariy dirxamdan katta yoyilmagan bo‘lsa, avvalo uzur ko‘ngil g‘ashligini ketkazish uchun aniq bilmoqchi edim. Shu shar’iy dirxamni xozirgi kundagi nimaga taqqoslash mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘rtacha piyolaning orqa tomonicha miqdori kechiriladi. Aslida bu miqdorni insonning orqa chiqish joyidan olingan. Chunki sahobalar katta hojat qilganlarida ham kesak bilan tozalanib mustahab qilmaganlar. Albatta kesak bilan tozalanganida ham u erda qolishi turgan gap. Shunda fuqaholar “o‘shancha miqdorni afudir” degan hukmni olganlar. Jinsiy a’zolarni yuvilganda najosat chiqqan joyni o‘zi yuviladi. Atroflarini yuvishga hojat yo‘q. Kiyimga tekkanidan ham o‘shanchasi avf qilinadi. Yuvish shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 156 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar