Nasha chekadigan er bilan yashash

Assalomu alaykum! Erim nasha chekadigan 15 yildan beri xozir bollarim oldida xam chekib otiradi. Bunga sabr qilib yashab keldim cheksa meni osmonga ko‘taradi nashasi tugab qolsa xumor qilib janjal qiladi arzimagan narsanni sabab qilib bollarim qaynonam oldidi er bilan yakson qib tashidi menku sabr qilib yashayman kecha oxirigi janjalda bollarim chidolmadi oyi ketilik deb xolijonimga qo‘yishmadi. Erim esa xar janjalda “ket san, xaromsan, to‘rt tomoning qibla, o‘zinga boshqa er top, man narkomanman” kabi gaplar bilan xaqorat qilgani qilgan. Lekin ichida xoxlamidi buni sezaman kechagi janjaldan keyin “ket-ket” deb akammi chaqirdi. Akam kelib obketayotganda agar ketseng sani boshqa xotin qilmayman deb baqirdi. Qolmoqchi edim 4 yasharli qizim yig‘lab qomiman deb qo‘rqdi. Xar qanaqasiga aldab ko‘rdim bo‘madi, bollarim juda qo‘rqib qolishdi. Allohga tavakkal deb ketdim erimga 2-3 kunda kaytib kelaman deb ketdim. Erim bunga rozi bo‘lmadi, albatta boshka ilojim yo‘q edi. Nima qilay otinoyidan maslaxat so‘radim ketin bollarizzi ruxiyati buziladi narkoman er bilan qanaq qilib yashisiz deb maslaxat berdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gaplaringizda sizlarga bir necha marta taloq tushgan ekan. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi taloq ilmini puxta biladigan biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 06:30 | Savol-javoblar | 199 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar