Otamdan qolgan puldan zakot

Assalom alaykum! Otamdan bizga men, onam va 2nafar ukamga 170.000.000 so‘m atrofida pul mablag‘i qolgan. Shu miqdordan kimga qanday miqdorda zakot chiqariladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 21.250.000 so‘mni onangizga, qolganini tengdaniga 3 o‘g‘ilga bo‘linadi. Shunga bir yil o‘tgach nisob miqdorida bo‘lsa balog‘atga etganlarning zimmasiga zakot vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:33 | Savol-javoblar | 157 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar