Odam bilan cho‘chqaning najosatidan o‘g‘it

Assalomu alaykum! Odam najosati bilan cho‘chqani go‘ngini poliz ekinlariga, bog‘larga o‘g‘it sifatida bersa bo‘ladimi? Bersa bo‘ladigan va bo‘lmaydigan ekin turlarini ham aytsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz yoki joiz emasligiga kelsak, joiz. Chunki u asliy holatidan boshqa pok narsaga aylanadi. Xuddi tezak yonib kulga aylanganidek, tuz koniga tushib ketgan eshak vaqtlar o‘tib tuzga aylanib ketganidek. Yon atrofga hid tarqatishi va ko‘rganlarni tabiati buzilishiga kelsak, bu ishlar inson tabiatiga zidroq. Aslida mol va qo‘yning tezagi ham najosat. Siz aytganlarni ham oralarida hech qanday farq yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar