Qazoni o‘zimi yoki ham qazo ham kafforatmi?
Assalomu alaykum! Adashmasam ro‘zaning to‘rtinchi yoki beshinchi kunida og‘iz ocharga bir soat vaqt qolganda ro‘zamni ochib yubordim. Sababi, o‘sha kuni bomdoddan keyin ichim og‘rib, shomgacha mazam bo‘lmay ancha holsizlanib qoldim va ro‘za tutib o‘zimni qiynash bo‘lib qolmasin deb ro‘zamni ochib yubordim. Albatta, dori ichishlik maqsadida, lekin ro‘zamni ochganimdan so‘ng menda bir soat chidasam bo‘lardi degan fikr paydo bo‘ldi va o‘zimga o‘zim ham qazo ham kafforatni vojib deb bildim. InshaAlloh tutaman. Savolim shuki mendagi holatning hukmi qanday? Agar faqat qazosini tutib bersam qanoatlantirsa, lekin men ehtiyotdan ham qazo ham kafforatini tutib bersam ziyoni yo‘qmi? Ya’ni shariat hukmini buzgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida o‘ta qattiq chanqoq va ochlik bo‘lganida yoki ich ketish tufayli holdan tolib qolsa ochishga ruxsat bor. Sizni holatingiz unga tushadimi yoki yo‘qmi o‘zingiz belgilashingiz kerak. Chunki siz sabr qilsam bo‘lar ekan degan gapni ham yozgansiz. Ehtiyotan kafforatini ham tutganingiz yaxshi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 143 | Ro‘za