Iymon sustligi

Assalomu alaykum! Men 27 yoshdaman 8 yil bo‘ldi turmush qurganimga 3 nafar farzandim bor. Allohimga ming shukur. O‘zim namozxon halol haromni maxkam tutgan oilada ulg‘ayganman, ming afsuski tushgan ro‘zg‘orim buning mutloq aksi. Ularga bu halol bu harom isrofgarchilik Allohimga xush kelmasligi haqida gapirsam ustimdan kulib “biyxalfacha mani kelinim” deb kelgan ketganga masxara qilishadi. Qaynonam tiling chiqibdi deb janjal qiladi, lekin ular halol haromni aralash qilganlari, g‘iybatlari, isrof qilishlar juda ham asabiylashtiradi meni, lekin bor alamimni bolalarimda oladigan bo‘lib qoldim. Allohimga shukurki xo‘jaynim 1 yildan beri namoz o‘qishni boshladilar 8 yoshli o‘g‘lim ham men va dadasi bilan namoz o‘qiydi. Bundan juda xursandman, lekin o‘zim namozlarimni oxirgi vaqtlarda umuman o‘qiy olmayapman, iymonim sustlashdimi, qalbi qattiqlashdimi deb juda qo‘rqaman. Juda ham namoz o‘qishni xoxlayapmanu nimadir aslo yo‘l bermayotgandek. Iymon sustligi belgisimi bu? Halol harom aralashgan uyda duolar namozlar qabul bo‘lmaydi deb eshitdim shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu sizni ko‘p televizor ko‘rganligingiz sababidan bo‘ladi. Ularni yig‘ishtirib Allohga bog‘laning. Alloh taolo ne’mat bersa orqasidan shukur qilganlar mukofot, shukur qilmaganlarga esa azobni ham berib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:39 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar