Yo‘l ko‘rsating iltimos
Assalomu alaykum! Ustozlar, men 7-8yil avval bir joyga musofirchilikda dala joyga bavl qildim, shundan keyin yuragim qattiq urib qo‘rqib ketdim. Shu sababmi sog‘ligim yomonlashdi. Ishim yurishmaydi. Asosiysi bir xil insonlardan yuki o‘tib qiynalaman. Tushimda bir oppoq ayolni ko‘ryapman. O‘zim Ruqiya qilib turaman. iltimos yo‘l ko‘rsatinglar, 3 farzandim bor, qiynalib ketdim. Qattiq asabiy bo‘lib qolyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xas-hashak bor, kovaklar bor joyga bavl qilishdan qaytarganlar. Chunki u erlarga jinlar hozir bo‘lishadi. Ularga ozor berilsa insonga (jin) tegishi mumkin. Buni hech qo‘rqinchilik joyi yo‘q. “Baqara” surasini oxirgi ikki oyatini to‘xtamasdan o‘qib yuring. Ertalab va kechqurunda Oyatul Kursiyni o‘qib oling. Agar yana davom etsa ayting boshqa yo‘llarni ham aytamiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:40 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar