Shu holatda ayolimni uyiga borishni man qilsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ayolimni ota-onasini ko‘rgani jo‘natgan edim. Ota-onasi esa mendan beruxsat ayolim va farzandimni amakisini uyiga olib boribdi. Ota-onasi “eringdan so‘ramaysanmi” deyishsa ayolim “baribir ruxsat bermaydilar” deb javob beribdi. Ayolim borganini tushishgan suratdan ko‘rib qoldim, bilishimcha u erda spirtli ichimliklar ichilgan.  Savolim: Ayolimga uyiga borishni man etsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Tarbiyalashning boshqa yo‘llarini toping. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 22:27 | Savol-javoblar | 173 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar