Junublikda ro‘zaga niyat

Assalamu alaykum! Uyqudan ehtilom bo‘lib turganda yoki jimodan so‘ng ro‘zaga niyat qilish vaqti oz qolsa, birinchi saharlik qilib keyin ro‘zaga niyat qilib, undan so‘ng g‘usl qilishga shariatimizda ruxsat bormi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Og‘iz yopish saharlik vaqtidan o‘tib ketsa, o‘sha kunning ro‘zasini qayta tutiladi. Kafforot vojib bo‘lmaydi. Uyg‘onib tursa g‘usl vojib bo‘lgan yoki ayoliga yaqinlik qilib g‘usl vojib bo‘lgan kishilar saharlik vaqti chiqib ketish ehtimoli bo‘lsa, og‘iz burunni chayib, tahorat olib saharlik qilsalar va bamdod vaqti kirganidan keyin g‘usl qilsalar ham bo‘ladi. Buning ro‘zaga hech qanday ta’siri yo‘q.  Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 156 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar