Tijorat haqida savolim bor

Assalomu alaykum! Bir do‘stim bilan Rossiya davlatining Sankt-Peterburg shaxrida yaqinda ijaraga joy olib “Uzbekskaya kuxnya” xalol kafe ochdik. Bizning kafeda spirtli ichimliklar sotilmaydi. Kafening deyarli 99% foiz mijozlari rus xalqi. Ular kafega kirgach spirtli ichimlik bormi deb so‘rashadi shunda ofitsiantlar bizda spirtli ichimliklar sotilmaydi deb javob berishadi. Rus mijozlar o‘zimiz spirtli ichimligimizni olib kelib ichsak bo‘ladimi deb so‘rashadi ofitsiantlar esa bizda sotilmaydi ruxsat xam berilmaydi deyishsa mijozlar chiqib ketishyapdi. Ularga ovqatlarimizni eb ko‘ringlar, narxlarimiz xam arzon, svejыy xamma eguliklarimiz desak xam kechirasizlar deb chiqib ketishadi. Mijozlarimizning o‘zi spirtli ichimliklar olib kelib bizning kafeda ovqatlanishsa bizlar gunohkor bo‘lib qolmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ichishlariga sharoit yaratib berganlaringiz uchun gunohlariga sherik bo‘lasizlar. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 22:27 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar