Valiysiz nikoh

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hanafiy mazxabida nikohda valiy xozir bo‘lishi nikohning sharti, rukni emas deyilgan. Mazxabimiz ulamolari valiysiz va ikki odil guvohsiz nikoh yo‘q manosidagi xadisni bu xadis komil nikoh xaqida degan izohdan yana boshqa qanday izohlashadi? Savol berishimning boisi xozir bizda nikoh o‘qiyotgan payt valiylar deyarli qatnashmaydi. Agar valiylar kimnidir vakil qilib junatadi desak vakil bo‘lishga to‘g‘ri kelmaydigan insonlaram borayotgan bo‘lishi mumkin. Valiylar nikoh payti xozir bo‘lishi kerakmi yoki nikohlanayotgani xaqida xabardor bo‘lganining o‘zi etadimi? 2). Hozirda ko‘p tarqalayotgan yashirincha nikoh xaqida. Sir emas jamiyatda ajrashgan beva ayollar ko‘p uchramoqda. Ota-onasidan yoki tanishlaridan yashirgan holda nikohlab olib yashayotganlarning nikohi durust xisoblanadimi? Bu zino emasmi? Zero ular bunday ayollarni zinodan saqlanishga yordam berish maqsadida ularni nikohlab olishayotganini xam takidlashadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Xabardor bo‘lishi etadi.
2). Nikohning shartlari topilsa, zino emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:40 | Savol-javoblar | 242 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar