Akam ayoli bilan urishib qoldi

Assalomu alaykum! Yaqinda akam ayoli bilan urishib qoldi. Manga sandaqa ayol keremas qattanam sanga uylandim, san bilan yashagim kemiyopti, hohlasen ketuvr uyinga” deb gapirib tashladi. Men bunday gaplarni gapirmeng taloq tushib qoladi desam u menga kenayinga shunaqa qattiq gapirmasam haddidan oshib ketvotti dedilar va bu gaplarimda niyatim taloqmas faqat qo‘rqitish deyaptilar. Shundan keyin kenayim qorqib gap qaytarmi yaxshi yashashvoti. Bu erda taloq tushmaganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U gaplar kinoiy taloqqa ishlatiladigan gaplar hisoblanadi. Kinoiy taloqda erning niyati e’tiborga olinadi. Unday deyishdan taloqni niyat qilgan edim desa taloq tushadi. Taloqni niyat qilmaganman desa taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:05 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar